O‘zbekistonlik yigit Tataristonda “Yil talabasi” bo‘ldi

Olam

image

O‘zbekistonlik Kamoliddin Boboxonov “Tatariston talabasi-2019” mukofoti g‘olibi bo‘ldi. Kamoliddinga 50 ming rubl pul mukofoti topshirildi. Shuningdek, u dunyoning istalgan oliy ta’lim muassasasida o‘qishni bepul davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Qozon federal universiteti mediaportalida xabar berildi.

Mukofot g‘olibini taqdirlash marosimi joriy yilning 25 yanvarida Qozondagi “Piramida” konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov g‘olib nomini e’lon qildi. 

Kamoliddinga ushbu mukofot g‘oliblariga topshiriluvchi “Tataristonning eng yaxshi talabasi pidjaki” va g‘olib nomi yozilgan sharf topshirildi.

Ma’lumot uchun, Kamoliddin Boboxonov asli Toshkentdan. U Qozon federal universitetining Ijtimoiy-falsafiy fanlar va ommaviy kommunikatsiyalar institutida tahsil oladi. 

U hozircha o‘qishni qaysi oliy ta’lim muassasasida davom ettirish borasida bir to‘xtamga kelmagan. Ammo Kamoliddin o‘qishni “xalqaro munosabatlar” yo‘nalishida davom ettirishni maqsad qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tatariston Kamoliddin Boboxonov Yil talabasi

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing