O‘zbekistonlik yozuvchi Nobel uchun nomzodlar ro‘yxatiga kirdi

Madaniyat-san’at

−

image

O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan adiblar qatoriga kirdi. Bu haqda “Literary Hub” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur ro‘yxat Nobel mukofoti qo‘mitasining rasmiy nomzodlar ro‘yxati emas. Unda Hamid Ismoilov bilan birga boshqa ko‘plab taniqli adiblar ham bor. Ular orasida Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Joan Rouling, Stiven King va boshqa yozuvchilar qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Hamid Ismoilov 1954 yil 5 may kuni Qirg‘izistonning To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. U 1992 yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga ketgan va BBC Jahon xizmatida 25 yil faoliyat yuritgan.

Yozuvchining asarlari o‘zbek, rus, fransuz, nemis, turk va boshqa tillarda nashr etilgan. U o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga, jahon adabiyoti asarlarini esa o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ismoilovning “Jinlar bazmi” romani 2018 yilda ingliz tilida nashr etilgan. Asar 2019 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining EBRD Adabiy mukofoti bilan taqdirlangan.

Joriy yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori 8 oktyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Mukofot sohibi 12 million shved kronasi miqdoridagi pul mukofotini oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkaiga berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing