O‘zbekistonlik yosh muhandislar o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparati prototipini yaratdi (video)

Jamiyat

image

"O‘zavtosanoat" AJ mutaxassislari va Turin politexnika universiteti talabalari birgalikda o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparati prototipini yaratdi. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, "O‘zavtosanoat" AJ qoshida tashkil etilgan “Research and Development Center” ishlanmalar markazi mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPU) talabalari bilan birgalikda prototip ustida ish olib bordi.

Apparatning texnik xarakteristikalari o‘z ichiga namlik, bosim, kislorod va harorat darajasi sensorlarini oladi – ularning ko‘rsatkichlari apparat xotirasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, O‘SV apparati tozalash tizimi bilan ta’minlangan – ishlangan havo filtr orqali o‘tadi, uni almashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Prototip uzluksiz ozuqa manbayi bilan jihozlangan, u apparatning kamida bir soat ishlashini ta’minlaydi.

Tannarxi bozordagi shu kabi apparatlarning bir necha barobar arzon bo‘lgan qurilma butkul «O‘zavtosanoat» tuzilmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va yig‘ilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

O'zavtosanoat Ixtiro Turin politexnika universiteti

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing