O‘zbekistonlik yagona chang‘ichi Olimpiadaga jo‘nab ketdi

Sport

image

Kecha, 1 fevral kuni O‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichisi Komil To‘xtayev Italiyadagi mashg‘ulotlarini yakunlab, Xitoyga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘l oldi. U o‘z murabbiyi bilan Italiyaning Milan shahridagi “Malpenca” xalqaro aeroportidan Pekinga jo‘nab ketdi. Uning italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi esa 9 fevral kuni Xitoyga yetib boradi.

To‘xtayev Pekin qishki Olimpiadasida Italiyaning mashhur VIST brendi liboslarida ishtirok etadi. Ushbu brend asosan qishki sport turlarining tog‘ chang‘isi yo‘nalishi uchun liboslar ishlab chiqaradi va undan dunyoning aksariyat qishki sport turlari rivojlangan davlatlari sportchilari ham foydalanadi.

Ushbu brend Xalqaro chang‘i federatsiyasi sertifikatiga ega va ushbu imtiyozga ega bo‘lmagan brendlar libosida hech bir xalqaro musobaqada qatnashib bo‘lmaydi. Ushbu brend ixtisoslashgan sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqaradi va kompaniya nomi ostidagi kombinzonlardan bir nechtasi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun buyurtma asosida xarid qilingani aytilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Pekin Olimpiadasi 4-20 fevral kunlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Pekin-2022 Komil To'xtaev

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing