O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunladi
Sport
−
27 fevral
3466Hindiston poytaxti Nyu-Delida olti kun davom etgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi vakillari jami 6 ta medal jamg‘ardi. Bu haqda O‘zbekiston Velosport federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoalari jami 17 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.
Kattalar o‘rtasidagi bahslarda Nikita Svetkov, Margarita Misyurina, Olga Zabelinskaya va Nafosat Koziyeva turli yo‘nalishlarda kumush medalga ega chiqdi.
Yoshlar o‘rtasida omnium va ochko to‘plash dasturlarida qatnashgan Alimardon Jamoliddinov kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qizlardan omnium dasturida Samira Ismoilova shohsupaning 3-pog‘onasidan joy oldi.
E’tiborlisi, ayollar o‘rtasidagi medison guruh poygasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Zabelinskaya hamda Koziyeva juftligi O‘zbekiston delegatsiyasiga Parij-2024 Olimpiya litsenziyasi yo‘lida 540 reyting ochkosini taqdim etdi.
LiveBarchasi