O‘zbekistonlik velosportchi xalqaro musobaqada 3 ta medalni qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sergey Rostovsev Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo‘yicha o‘tgan “Asean Track Series” musobaqasining birinchi bosqichida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Rossiyadan mahalliylashtirilgan sportchimiz Sergey Rostovsev O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi ilk musobaqasidayoq omnium, skretch va elimineyshn bahslarida 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Terma jamoaning yana bir a’zosi Nafosat Koziyeva esa elimineyshn bahsida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Endi terma jamoa a’zolari joriy yilning 10-11 yanvar kunlari Nilay shahrida  o‘tkaziladigan ikkinchi bosqich bahslarida  o‘z omadini sinab ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

velotrek Velosport Sergey Rostovtsev Nafosat Kozieva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing