O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida 12 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailand va Malayziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 2 ta oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston velosport federatsiyasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shu yilning 7 fevralidan 27 fevraliga qadar veloshosse va trek yo‘nalishlarida Tayland va Malayziyada Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda ayollar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi Samira Ismoilova ta’qib poygasida jahon rekordini o‘rnatgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida esa Dmitriy Bocharov ta’qib poygasida yaponiyalik amaldagi jahon chempionini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur g‘alaba velotrekning “Man Elite” kategoriyasida o‘zbek velosporti tarixida 1991 yildan buyon ilk bor erishilgan g‘alaba bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston velosport terma jamoasi 2025 yildagi Osiyo chempionatlarida jami 12 medalga sazovor bo‘ldi. Shundan 6 tasi oltin, 6 tasi bronza medali hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo chempionati Malayziya Tailand Velosport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing