O‘zbekistonlik o‘smirlar futbol vatani termasini mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 22 noyabr kuni Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur bosqichda O‘zbekiston o‘smirlari futbol vatani bo‘lmish Angliya vakillarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarida ustunlikni qo‘lga olgan Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari 4-daqiqada Amirbek Saidovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib qoldi. Vaqt o‘tishi bilan inglizlar ustunlikni o‘z tarafiga og‘dirdi. 36-daqiqada Ndala birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib hisobdagi muvozanatni tikladi.

Ikkinchi taymning 67-daqiqasida O‘zbekiston sardori Lazizbek Mirzayev standart vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu bilan o‘yinda hisob o‘zgarmadi.

Shunday qilib, O‘zbekiston o‘smirlari Jahon chempionatidagi o‘zining eng yaxshi natijasini takrorladi. Oxirgi marta 2011 yilda Aleksey Yevstafeyev murabbiyligidagi jamoa Meksika mezbonlik qilgan o‘smirlar mundialida chorak finalga chiqqandi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda Fransiya-Senegal juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Indoneziya Angliya Jamoliddin Rahmatullaev Lazizbek Mirzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing