O‘zbekistonlik o‘smirlar akalaridan oldin JCH masalasini hal qildi
Sport
−
07 aprel
5972Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi xitoylik tengqurlari bilan bahs olib borib, g‘alaba qozondi va muddatidan avval shu yil Qatarda o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda dastlab Xitoy vakili Jang Chengrui hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sadriddin Hasanov muvozanatni tikladi. Bahs yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda, aniqrog‘i 86 daqiqada Asilbek Aliyev g‘alaba golini kiritdi va jamoadoshlarining muvaffaqiyatini ta’minladi.
Shunday qilib, Islom Ismoilov boshchiligidagi o‘smirlar terma jamoasi muddatidan avval shu yil Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda mezbon Saudiya Arabistoni terma jamoasi Tailandni 3:1 hisobida yengib, O‘zbekiston bilan birga mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi keyingi o‘yinini aynan Saudiyaga qarshi o‘tkazadi. Guruh g‘olibligi uchun kechadigan o‘yin 9 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi