O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro olimpiadada bronza medalini yutdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro biologiya va matematika olimpiadalarida sovrindor bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar 10-18 iyul kunlari Armanistonda o‘tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida qatnashdi. Dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o‘quvchi qatnashgan mazkur olimpiadada Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 6-16 iyul kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida o‘tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ham o‘zbekistonlik o‘quvchi medalga ega chiqdi.

Dunyoning 104 ta davlatidan 589 nafar o‘quvchi qatnashgan mazkur Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi bo‘lgan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. 

Bronza medali uchun o‘quvchiga 60 mln so‘m, uning o‘qituvchisiga esa 45 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada XTM

Baholaganlar

371

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing