O‘zbekistonlik UFC jangchisi raqibsiz qoldi

Sport

image

Yarim og‘ir vazn toifasidagi UFC jangchisi o‘zbekistonlik Bogdan Guskovning raqibi braziliyalik Jonni Uoker jarohat oldi va oktagonga ko‘tarila olmaydi. Bu haqda “MMA Orbit” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 19 yanvar kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 311 turniri doirasida o‘zbekistonlik Bogdan Guskovga qarshi oktagonga chiqishi belgilangan Jonni Uoker jarohat olgani sabab o‘zbekistonlik jangchi raqibsiz qolgan. Hozircha Guskovning yangi raqibi kim bo‘lishi aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Kaliforniya shtati Los-Anjeles shtatidagi yong‘in sabab UFC 311 turniri o‘tkazilmaslik xavfi ostida qolganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jonni Uoker Bogdan Gus'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing