Bogdan Guskov nega 2 davlat bayrog‘i ostida jang qilishiga izoh berdi

Sport

image

UFC yarim og‘ir vazn toifasi jangchisi o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov nima sababdan janglarga Rossiya va O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqishini tushuntirdi.

“Odamlarning ikkita bayroq ostida jang qilishimga munosabati juda salbiy. Ular meni hatto sotqinga ham chiqarib qo‘ydi. Men bu kabi insonlarga javob ham qaytarmayman. Keling tushuntiraman. Men O‘zbekistonda tug‘ilganman va katta bo‘lganman. Bu mamlakat menga ko‘p narsa berdi. Rossiyada yashasam ham o‘zbekistonlik emasman deb aytolmayman. Rossiyada men qonun bo‘yicha yashayman, hurmat qilaman va hech qanday qoidalarni buzmayman. Hikoyam shunday ko‘rinish olgan va men har ikki davlat uchun oxirigacha kurashishga tayyorman”, deydi Guskov.

Ma’lumot o‘rnida, Bogdan Guskov 1992 yilda Dukentda tug‘ilgan va 19 yoshida Moskvaga ko‘chib ketgan. Bogdan UFC’da ayni vaqtga qadar 4 ta jang o‘tkazib, 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U promoushen reytingida 13-o‘rinni band etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Bogdan Gus'kov yarim og'ir vazn toifasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing