O‘zbekistonlik UFC jangchilari soni 2 nafarga ko‘paydi

Sport

image

O‘zbekistonlik sportchilar Nursulton Ro‘ziboyev va Bahromjon Mashrapov UFCga qabul qilindi. Bu haqda tashkilotning “Roster.watch” sahifasi xabar berdi.

Tez orada ikki sportchining UFC'dagi debyut jangini o‘tkazish sanasi ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, UFC Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida joylashgan sport tashkiloti bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab aralash yakkakurash janglarini o‘tkazadi. UFC'ga qabul qilingan ilk o‘zbekistonlik sportchi 33 yoshli Mahmud Murodov hisoblanadi.

Nursulton Ro‘ziboyev 1993 yil Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug‘ilgan. U 2014 yildan o‘rta vaznda MMA'da jang o‘tkazib keladi. Ro‘ziboyev professional faoliyati davomida 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangda g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. 

23 yoshli Mashrapov esa MMA'da umumiy 7 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning barchasida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev UFC jangchilari Bahromjon Mashrapov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing