O‘zbekistonlik terakt uyushtirishda gumonlanyapti

Olam

image

O‘zbekiston fuqarosi Shvetsiyada terakt uyushtirishda gumonlanyapti. O‘zbekistonlik mamlakat markazidagi Estersund shahrida qo‘lga olingan. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Estersund politsiyasi tomonidan hibsga olingan va terrorchilik akti uyushtirishda gumonlanayotgan shaxs o‘zbek”, deyiladi xabarda.

SÄPO (Shvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati)  vakili Gabriel Vernshtedt holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotganini, biroq tergov sirli bo‘lgani uchun uning tafsilotlarini ayta olmasligini bildirgan.

Vernshtedt qo‘lga olingan shaxsning 2017 yilda Stokgolmdagi terakt uchun umrbodga qamalgan Rahmat Oqilov bilan aloqasi o‘rganilayotganini tasdiqlamadi.

“Ko‘rsatmalar olinib, aniqlangan dalillar tahlil qilinyapti. Dastlabki surishitiruv motivlarni oydinlashtirish imkonini beradi”, degan Vernshtedt.

Gumonlanuvchi kecha, 14 avgust uni Estersund shahri markazida qo‘lga olingan. Politsiyaga haydovchi shaharda shubhali harakatlangani haqida xabar kelgan. Haydovchi terrorchilik akti tayyorlashda gumonlanib, qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 7 aprelida o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov olib qochilgan yuk mashinasida piyodalar yo‘lakchasida 550 metr yurib, odamlarni bosib ketgan. Natijada besh kishi halok bo‘lgan. Sud Oqilovni terakt uyushtirishda aybdor deb topib, butun umr qamoq jazosi tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Shvetsiya

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing