O‘zbekistonlik tennischi dunyoning birinchi raqamli raketkasiga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova dunyoning birinchi raqamli raketkasi Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi. Bu haqda “WTATennis” nashri xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, kecha 23 iyul kuni Polsha poytaxti Varshava shahrida WTA 250 turnirining asosiy turiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Uning natijalariga ko‘ra, yakkalik bellashuvlarida dunyoning birinchi raqamli raketkasi mahalliy sportchi Iga Svyontek birinchi davrada O‘zbekiston vakili Nigina Abduraimova bilan bahs olib boradi.

Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 177-pog‘onadan joy olgan. Abduraimova — Svyontek uchrashuvi ertaga, 25 iyul kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 13:00 da start oladi. Bu tennischilarning o‘zaro ilk uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Shuningdek, mazkur bahs g‘olibi musobaqaning keyingi bosqichida Kler Lyu (AQSH) — Yue Yuan (Xitoy) uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Nigina Abduraimova Iga Svyontek WTA 250

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing