O‘zbekistonlik tennischi “Australian Open” turnirini g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Bugun, 6 yanvar kuni Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi yilning to‘rtta musobaqasidan dastlabkisi start oldi. O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. 

O‘zbekistonning birinchi raketkasiga saralash bosqichining ilk davrasida kolumbiyalik Daniel Elaxi Galan raqiblik qildi. 2 soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda namanganlik 26 yoshli tennischi 28 yoshli Galanni 6/3, 6/7(2), 7/5 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Bu tennischilarning o‘zaro o‘tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi ilk bahs 8 yil oldin, 2016 yili Italiyaning Lechcho shahrida o‘tkazilgan ITF turniri doirasida tashkil etilgandi. O‘shanda Sultonov 3/6, 7/6, 6/4 hisobida zafar quchgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Humoyun Sultonov ayni paytda ATP reytingida 223, Galan esa 126-o‘rinni band etib turibdi. Daniel ham o‘z yurti Kolumbiyaning birinchi raqamli tennischisi hisoblanadi. Galan saralash turnirida 20-raqam ostida tasniflangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

tennis Avstraliya Humoyun Sultonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing