O‘zbekistonlik tayekvondochilar xalqaro turnirda 3 ta medalga ega chiqdi
Sport
−
03 aprel 2023
2154Xitoyning Usi shahrida tayekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
-80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov turnir g‘olibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Qayd etish joiz, ushbu turnir litsenzion xarakterga ega bo‘lib, dekabr oyida o‘tadigan yana bir “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakuniga ko‘ra, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining dastlabki litsenziatlari aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu turnirda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov -68 kg vazn toifasida bahs olib borib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Rashidov finalda eronlik raqibidan ustun keldi.
LiveBarchasi