O‘zbekistonlik taniqli darvozabon vafot etdi

Sport

image

O‘zbekistonlik futbol darvozaboni, SSSR sport ustasi Nikolay Lyubarsev 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Axborot xizmati xabar berdi.

“Futbolimiz o‘tmishidagi taniqli darvozabonlardan biri Nikolay Lyubarsevning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Nikolay Lyubarsev 1942 yil 1 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Taganrog futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Professional futboldagi faoliyatida “Paxtakor”, “Traktor Pavlodar”, “Torpedo Taganrog”, “Torpedo Taganrog” futbol klublari safida o‘ynagan. SSSR chempionati Oliy ligasida umumiy 150 ta o‘yin o‘tkazgan va 1967/1968 yilgi SSSR kubogi finalchisi bo‘lgan. 

Shuningdek, “Paxtakor”, “Zarafshon”, “Kosonsoy”, “Xorazm”, “Yangiyer” va “Navbahor” kabi futbol klublariga murabbiylik qilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi darvozabon Nikolay Lyubartsev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing