O‘zbekistonlik talabalar niqobsiz fuqarolarni aniqlovchi dastur ixtiro qildi (video)
Texnologiya
−
28 mart 2020
14677Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari koronavirusga qarshi kurash maqsadida maxsus dastur yaratdi. Gap shundaki, ushbu ixtiro yordamida niqobsiz yurgan fuqarolarni aniqlash mumkin.
“Ushbu dastur karantin paytida qoidabuzarlarni aniqlash va epidemiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, dastur yordamida yo‘llarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz haydovchi va yo‘lovchilarni aniqlash mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dasturdan foydalanish bepul.
Ma’lumot o‘rnida, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha (1 mln 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur tartib avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.