DXX TATU Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘ini qo‘lga oldi

Jamiyat

image

Samarqandda ikki nafar fuqaroga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab bermoqchi bo‘lgan firibgar va uning sherigi – TATU Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i qo‘lga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.T. tanishlari orqali fuqaro Sh.ning ukasi va jiyaniga Qozog‘istondagi institutlarning birida 2020 yilning sentyabr oyidan o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 4 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng uning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi M. fuqaro B.T.dan 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

TATU

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing