TATUga yangi rektor tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Sarvar Najimovich Babaxo‘jayev Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Sarvar Babaxo‘jayev bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

TATU rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan To‘lqin Zakirovich Teshabayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

TATU Sarvar Babaxo'jaev

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing