O‘zbekistonlik taekvondochilar Olimpiadada ko‘rgazmali chiqish qiladi

Sport

image

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Parij-2024 Olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmali dasturda ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 19 dekabr kuni Xitoyda yakuniga yetgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasining qo‘lga kiritgan kumush medali katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Boisi, terma jamoa tarkibida Ulug‘bek Rashidov, Svetlana Osipova kabi yetakchilar ishtirok etmagan bo‘lsa ham, bellashuvlar davomida ushbu sport vatani bo‘lmish Janubiy Koreya jamoasi mag‘lub etildi va Xitoy bilan tengma-teng raqobat olib borildi.

Taekvondo WT bo‘yicha aralash jamoaviy yo‘nalishi yirik kompleks musobaqalar dasturiga kiritilmoqda. Ushbu yo‘nalish Parij-2024 ga ko‘rgazmali dastur sifatida kiritilgan bo‘lsa, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan boshlab medallar jamlanmasi o‘ynalishi kutilmoqda.

Parij-2024 Olimpiadasidagi ko‘rgazmali chiqishlarda O‘zbekistondan tashqari mezbon Fransiya, Xitoy va Janubiy Koreya jamoalari bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Taekvondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing