O‘zbekistonlik suvga sakrovchi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Igor Myalin Qatarda o‘tkazilgan musobaqada 10 metr balandlikdan sakrash bahslarida final yo‘llanmasi qatori Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ham ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Myalin yarim final dasturida 415.80 ball bilan yettinchi natijani qayd etdi. Final bahslari kechki dasturda bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra musobaqada finalga yo‘l olgan atletlar bir vaqtda Olimpiada ishtirokchisiga aylanadi.

E’tiborlisi, bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun suvga sakrash yo‘nalishida Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan birinchi litsenziya hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Igor' Myalin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing