O‘zbekistonlik sportchilarning Universiadadagi medallari soni uchtaga ko‘paydi

Sport

image

Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan Butunjahon Universiadasining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik taekvondo ustalari sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Taekvondo WT bahslarida ikki karra Jahon chempionati sovrindori Feruza Sodiqova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sodiqova -62 kg vazn finalida tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, musobaqada yarim finalga yetib borgan Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Ushuning jangovar yo‘nalishida -80 kg vazn toifasida yarim final bosqichigacha yetib kelgan Azizbek Isroilov ham bronza medaliga ega chiqdi. Hozircha O‘zbekiston delegatsiyasining jamg‘argan medallari 7 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

taekvondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made