O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Shirshov 47 yoshida vafot etdi
Sport
−
28 dekabr 2021
14671O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning “Rostov” klubi matbuot xizmati xabar berdi. Biroq uning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Shirshov faoliyatini 1991 yilda Sobiq Ittifoq quyi ligasining “Sverdlovets” klubida (Toshkent viloyati) boshlagan. Keyinchalik “Paxtakor”ning asosiy tarkibida o‘ynagan (1992 – 2000).
2005 yilga qadar Rossiya Premer ligasida “Rostov” sharafini himoya qilgan va so‘ngra SKA (2006—2007), “Bataysk-2007” (2008—2010), “Taganrog” (2010) klublarida ham faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Nikolay Shirshov 1996 yildan 2005 yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasida 63 o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 marta ishg‘ol etgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar