O‘zbekistonlik sayohatchilar Antaliyada YTHga uchradi
Jamiyat
−
15 iyun 2019
4353Turkiyaning Antaliya viloyatida turistlar mikroavtobusi yengil avtomobil bilan to‘qnashdi. Yo‘l-transport hodisasi soat 9:00 da sodir bo‘lgan.
YTHda jami 11 kishi jabrlangan. Shundan 7 nafari O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari.
Politsiya xodimlari va tez tibbiy yordam zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga olib borilgan.
O‘zbekiston TIV bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu YTHda O‘zbekiston fuqarosi I.L. yengil jarohatlangan. Tegishli ko‘rikdan keyin I.Lni shifoxonaga yotqizishga zarurat yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
LiveBarchasi