O‘zbekistonlik para sportchilar yana 4 ta oltin medalga ega chiqdi 

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bugungi kunning ikkinchi yarmida 4 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, hozirda delegatsiya hisobida jami 55 ta medal (17 ta oltin, 17 ta kumush, 21 ta bronza) bor. O‘zbekiston bu orqali medallar jamg‘arish bo‘yicha umumiy reytingning 5-pog‘onasini egallab turibdi.

•  Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F63 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan O‘zbekiston vakili Muhammad Rixsimov 14.52 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

•  Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida mamlakat sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.

•  Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 57 klassida disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Mohigul Hamdamova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalini qo‘lga kiritdi.

•  Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda musobaqa oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

•  Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Asad Toshtemirov delegatsiya hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

•  Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Xusniddin Norbekov 15.90 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

•  Yana bir O‘zbekistonlik para yengil atletikachi Yoqutxon Xolbekova uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etdi va bronza medaliga ega chiqdi.

•  Suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S8 klassida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda qatnashgan Azizbek Boynazarov 1:09:03 daqiqa natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi bugungi kunning birinchi yarmida mamlakat hisobiga 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Para Osiyo o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing