O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 45 taga yetdi

Sport

image

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bugungi kun hisobidan yana 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Munisa Madrimova delegatsiya hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J1 klassida +70 kg vazn toifasida qatnashgan Feruza Ergasheva ham kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Muslima Nuriddinova 107 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Para velosportning trek poygalarida ishtirok etgan G‘olibbek Mirzayorov yakunda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medal egasiga aylandi.

Shuningdek, para velosportning trek poygalarida ishtirok etgan Azimbek Abdullayev ham delegatsiya hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -72 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Bekzod Jamilov 204 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekiston delegatsiyasi bugungi kun hisobidan bitta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Para Osiyo medallari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing