O‘zbekistonlik para sportchilar bugun 17 ta medal jamg‘ardi

Sport

image

Bugun, 25 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 3-kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 5 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Oltin medal:

•  Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F63 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan O‘zbekiston vakili Muhammad Rixsimov 14.52 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

•  Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida mamlakat sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.

•  Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 57 klassida disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Mohigul Hamdamova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalini qo‘lga kiritdi.

•  Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda musobaqa oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

•  Para yengil atletikaning T13 klasida erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Doniyor Axmedov 6.88 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Kumush medal:

•  Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Munisa Madrimova delegatsiya hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

•  Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J1 klassida +70 kg vazn toifasida qatnashgan Feruza Ergasheva ham kumush medalni qo‘lga kiritdi.

•  Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Muslima Nuriddinova 107 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

•  Para velosportning trek poygalarida ishtirok etgan G‘olibbek Mirzayorov yakunda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medal egasiga aylandi.

Bronza medal:

•  Para velosportning trek poygalarida ishtirok etgan Azimbek Abdullayev ham delegatsiya hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

•  Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -72 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Bekzod Jamilov 204 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi. 

•  Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Asad Toshtemirov delegatsiya hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

•  Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Xusniddin Norbekov 15.90 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

•  Yana bir O‘zbekistonlik para yengil atletikachi Yoqutxon Xolbekova uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etdi va bronza medaliga ega chiqdi.

•  Suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S8 klassida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda qatnashgan Azizbek Boynazarov 1:09:03 daqiqa natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 55 ta medal (17 ta oltin, 17 ta kumush, 21 ta bronza) bor. O‘zbekiston bu orqali medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingning 5-pog‘onasini egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Para Osiyo o'yinlari Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing