O‘zbekistonlik olimlar parchalanuvchi plyonka ixtiro qildi
Texnologiya
−
16:11 2661 1 daqiqa
O‘zbekistonlik olimlar o‘z-o‘zidan parchalanuvchi plyonkani ixtiro qildi. bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, olimlar suv va tuproqda to‘liq parchalanadigan ekologik toza plyonkani ishlab chiqqan. Bu plastik paketlarga muqobil bo‘lishi mumkin. Tashqi ko‘rinishi va mustahkamligi jihatidan yangi plyonka oddiy polietilenga o‘xshaydi, ammo atrof-muhit va ekologiya uchun to‘liq xavfsiz. Yangi kashfiyotdan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalanish mumkinligi aytilgan.
“Ushbu plyonkalar tashqi ko‘rinishi va mexanik xossalari jihatidan sintetik polietilen plyonkalarga o‘xshash bo‘lsa-da, tabiat uchun mutlaqo xavfsiz. Ular tuproq va suv muhitida oson parchalanib, atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Eng muhimi, bu bioplyonkalar oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida qo‘llash uchun istiqbolli bo‘lib, plastik chiqindilar muammosini kamaytirishda muhim qadam bo‘la oladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada olimlar dengiz suvida bir soat ichida to‘liq eriydigan plastmassani ixtiro qilgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi