O‘zbek olimlari koronavirusning “britancha shtammi”ni aniqlovchi test ixtiro qilmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik olimlar COVID-19 virusining “britancha shtammi”ni aniqlovchi test tizimi yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Asushi Suda bilan muzokara o‘tkazdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi o‘rinbosari vazirlik tomonidan koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Xususan, Xitoyning “Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning III faza klinik sinovlarini o‘tkazish jarayoni, koronavirusni aniqlovchi PZR-test tizimlari ishlab chiqarilayotgani, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga doir ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumotlar berdi. 

Shahlo Turdiqulova Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan PZR-test tizimlarini yaratish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilib, ushbu markaz olimlari tomonidan COVID-19 virusining “Britaniya shtammi”ni aniqlovchi test tizimini yaratish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Yaponiya elchixonasi vakillari ushbu tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor yapon tashkilotlari va kompaniyalarini topishda amaliy ko‘mak berish masalasini ko‘rib chiqishiga kelishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing