O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
11 Sentabr 2023 7912 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Muhammadqodir Toshtemirov oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Toshtemirov dast ko‘tarish mashqida 164 kg natija bilan oltin medalni naqd qilgan. Hozirda bahslar davom etmoqda. Sportchi siltab ko‘tarish dasturida ham medallar uchun kurash olib boryapti.
Kun dasturida yana bir o‘zbekistonlik sportchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. -64 kg vazn toifasida bahs olib borgan Shahloxon Abdullayeva dast ko‘tarishda 91 kg, siltab ko‘tarishda 112 kg va ikki kurash bo‘yicha 203 kg bilan o‘ninchi natijani qayd etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025