O‘zbekistonlik MMA jangchisi raqibini 1 raunddayoq nokautga uchratdi
Sport
−
13 Sentabr 2021
29261Kecha, 12 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida Open FC 10 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada o‘rta vazn toifasida harakat qiladigan o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev chempionlik kamari uchun Braziliya vakili Aleks de Pauloga qarshi bahs olib bordi. Nursulton birinchi raundda raqibiga parter holatida zarbalar berdi. Shundan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa Ro‘ziboyev o‘rta vazn toifasida Open FC promoushenining chempionlik kamariga ega chiqdi.