O‘zbekistonlik MMA ustasi qiyin raqibga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi

Sport

image

ONE FC'da faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik jangchi Jasur Mirzamuhammedovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. Mirzamuhammedov ONE FC 164 turnirida oktagonga chiqadi.

O‘zbekistonlik sportchiga senegallik Omar Kane raqiblik qiladi. Kane shu vaqtga qadar ONE FC'da 5 ta jang o‘tkazib, 4 ta bahsda g‘alabaga erishgan. 1 ta jangda esa texnik nokaut tufayli mag‘lubiyat qayd etgan. Senagallik jangchi 4 ta g‘alabasining barchasida raqiblarini muddatidan avval taslim qilgan. Kanega qarshi bahs Mirzamuhammedovning ONE FC'dagi 2-jangi hisoblanadi. 

O‘zbekiston vakili tashkilotga a’zo bo‘lgach, ilk jangini avstraliyalik Dyuk Didega qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, ONE FC 164 turniri joriy yilning 3 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

MMA Jasur Mirzamuhammedov

Baholaganlar

438

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing