O‘zbekistonlik migrantlar uchun Koreyaga kirish qisman tiklanishi mumkin

Olam

image

O‘zbekiston fuqarolarining ishlash uchun Koreyaga kirishini qisman tiklash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazgan. 

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi jarayonlarini bosqichma-bosqich tiklash masalasi ko‘tarilgan.

Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston Respublikasidan mehnat migrantlari kirib kelishini qisman tiklash rejalashtirilmoqda. Bunda, birinchi navbatda to‘liq emlashdan o‘tgan 4 yilu 10 oy Koreya Respublikasida bir korxonada ishlab qaytgan fuqarolarni kiritish ko‘zda tutilganligi ma’lum qilingan.

Ma’lum qilinishicha, mehnat migrantlarining Koreya Respublikasiga muntazam kirib kelishini ta’minlashda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish muhim o‘rin egallashi ta’kidlangan.

Shuningdek, uchrashuvda tanlovlar bazasida muddat qo‘shib berilgan fuqarolarga ikkinchi bor muddat qo‘shib berish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilgan va mazkur masala Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan yaqin kunlarda ko‘rib chiqilishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda koronavrus pandemiyasi sababli mehnat ta’tili olib kelgan va shartnoma loyihasini olgan fuqarolarning Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketish imkoniyati cheklangan edi. Joriy yilning fevral oyi boshlarida esa Janubiy Koreya O‘zbekistonni koronavirus bo‘yicha xavfli davlatlar ro‘yxatidan chiqargan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing