O‘zbekistonlik migrant Rossiyadagi qurilish ob’ektida qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Rossiyadagi qurilishda ishlayotgan 37 yashar o‘zbekistonlik erkak baxtsiz hodisa sabab vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 27 noyabr kuni sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra,1983 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik M.A. qurilish ob’ektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi oqibatida vafot etgan. 

Ayni vaqtda Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan, O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda. 

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.


Maqola muallifi

Teglar

Migrantlar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing