O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining umumiy soni e’lon qilindi
Jamiyat
−
17 yanvar
23152Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2024 yilning boshiga 1,9 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ular soni 1,34 mln kishini tashkil etmoqda. Bu haqda bugun, 17 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, 2024 yilning o‘zida 162 ming fuqaro Migratsiya agentligi hamda xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijiy davlatlarga ishga yuborilgan. Bu esa ko‘rsatkichlar 2023 yilga nisbatan 4 baravarga o‘sganligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, diversifikatsiya natijasida ilk bor Polsha, Xorvatiya, Belgiya, Slovakiya, Chernogoriya, Bolgariya, Saudiya Arabistoni, Qatar mamlakatlariga 10 ming fuqaro ishga joylashtirilgan.
“2024 yilda 36 ta davlatning 240 ta yirik ish beruvchi tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazildi, natijada 122 tasi bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Migratsiya agentligi bilan hamkorlik kelishuviga ega, potensial ish beruvchi va rekruting agentliklari yil boshida 384 tani tashkil etdi”, deyildi matbuot anjumanida.
LiveBarchasi