O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining soni ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugungi kunda 3 mlnga yaqin o‘zbekistonlik xorijda migrant sifatida mehnat qilib yuribti. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mas’ul xodimi Azim Ahmatov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Anjumanda ishtirok etgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mas’ul xodimi Azim Axmatov hozirda mehnat migrantlarning soni taxminan 2,6 va 3 mln atrofida ekanligini bildirdi.

Shuningdek, mas’ul xodimning ta’kidlashicha, Rossiyada payvandlash ishlari uchun talab juda yuqori ekanligini hamda ularga katta miqdorda haq to‘lanayotganligini ma’lum qildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan ba’zi ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra:

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko‘p kvartirali uylardan respublika bo‘yicha jami 3 462 ta xonadon ajratilishi;

mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan kreditlarni qaytarishni “Aziya invest bank” AJ va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmi joriy qilinishi belgilangandi.

Farmonga muvofiq 2019 yil 1 oktyabrdan:

mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020 yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz stavkada 2 mln so‘m miqdorida 1 yil muddatga mikroqarzlar berish;

sug‘urta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinchalik mehnat migrantlari hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun har bir mehnat migranti uchun 50 000 so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant uy

Baholaganlar

54

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing