O‘zbekistonlik kurashchilar zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi
Sport
−
07 fevral 2023 21765 1 daqiqa
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyadagi zilzila markazlaridan biri – Qahramonmarash viloyatidan olib chiqildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, jamoa a’zolari Qahramonmarash viloyatidan Anqara shahriga ko‘chirilgan.
“Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo‘l oladi va u yerdan Toshkentga qaytib keladi. Xabar berganimizdek, kecha O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev hamyurtlarimizni mamlakatimizga olib kelish uchun Istanbulga jo‘nab ketgan edi. Bugun u delegatsiyamizga qo‘shilib, sportchi va murabbiylarimizning Toshkentga qaytib kelish jarayoniga boshchilik qiladi”, deyiladi MOQ xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan turli yoshdagi futbol terma jamoalariga zilzila oqibatida hech qanday zarar yetmagani xabar qilingandi.
Live
Barchasi