O‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana 5 kishining jasadini olib chiqdi

Olam

image

Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlarida faoliyat olib borayotgan qutqaruvchilar bugun, 9 fevral kuni vayronalar ostida qolgan yana besh jasadni olib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi soatlarda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari vayronalar ostidan yana 2 kishini tirik va 5 nafar halok bo‘lganlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon o‘zbekistonlik qutqaruvchilar tomonidan 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan olib chiqilgan.  

Bugun ertalab o‘zbekistonlik qutqaruvchilar ishlayotgan Hatay viloyatiga gumanitar yordam yuklangan yana bir samolyot yetib borgan. Tabiiy ofat hududiga O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tibbiyot xodimlari, dori-darmonlar, birlamchi zarur vositalar va maxsus texnikalar yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan O‘zbekistondan Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlariga 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi yuborildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing