O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Qozog‘istondagi qidiruv ishlariga qo‘shildi
Olam
−
31 may 2021
16811O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Qozog‘istonning Turkiston viloyati tog‘larida yo‘qolib qolgan turistlarni qidirish ishlariga yordamlashmoqda. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
“Ular O‘zbekiston tomondan Ugam daryosining Chorvoq suv omboriga quyilishigacha bo‘lgan chegara hududini ko‘zdan kechiryapti”, deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Sayram-Ugom darasida yo‘qolib qolgan ikki sayyohni qidirish ishlari davom etmoqda, biroq tog‘li hudud va daryo oqimining kuchliligi sababli jarayon qiyinlashmoqda.
“Bugungacha qidiruv ishlari 350 km dan ortiq masofada tog‘li tepaliklarda olib borildi. Dronlar yordamida jami 170 kilometr maydon ko‘zdan kechirildi. Vertolyotda ham qidiruv o‘tkazildi”, degan Qozog‘iston FVV rasmiysi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 21 may kuni sayyohlar piyoda Sari-Ayg‘ir darasi tomon ketgan va 24 may kuni qaytishi kerak bo‘lgan. Yo‘qolganlardan 3 nafari 29 may kuni topilgan. Shu kuni ikki nafar sayyohning tanasi ham topilgan.
Guruhda jami yetti kishi bo‘lgan. Ularning olti nafari Nazarboyev universiteti talabalari.
LiveBarchasi