O‘zbekistonlik qurilishda halok bo‘ldi
Jamiyat
−
20 iyul 2019
4180Joriy yilning 16 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur shahardagi qurilish maydonida O‘zbekiston fuqarosi J.U. vafot etganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona o‘lim fakti yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan tergov organlari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
LiveBarchasi