O‘zbekistonlik qochoq Qozonda qamoqda saqlanadi

Jamiyat

image

Qozonning Sovetskiy tuman sudi O‘zbekiston fuqarosi Viktor Kimning hibsda saqlanish muddatini 16 aprelgacha uzaytirdi. Bu haqda MK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Kim bir nechta tijorat firmalarga ega bo‘lgan. 2016 yilda toshkentlik hamkasblari unga qarshi bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Unga firibgarlik, muhrni qalbakilashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va pul “yuvish” kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Tyergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kim uyushgan guruh tarkibida harakat qilgan. Ularning harakatlaridan yetkazilgan zarar 162 milliard rublni tashkil etadi.

Jinoyatchining O‘zbekistondan izi “yo‘qolgach”, Toshkent prokurori uni federal qidiruvga kiritgan. Qochqin 2019 yil kuzida Tatariston poytaxtida qo‘lga tushgan.

Kim Rossiyada 2013 yildan beri yashaydi. U o‘z aybini bo‘yniga olmagan. U faoliyat yuritgan jinoiy to‘daning yetakchisi Viktor Kimning otasi bo‘lgan. 

Mahbusning advokati suddan uni uy qamog‘ida saqlashni so‘ragan. Sud advokatning dalillarini inobatga olmagan va Kimni yana 2 oyga qamoqda qoldirgan.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Kimning vataniga ekstraditsiya qilinishini so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq Qozon

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing