O‘zbekistonlik qilichbozlar Osiyo o‘yinlarida kumush medalni naqd qildi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Avval chorak finalda Zaynab Dayibekova, Guliston Perdibayeva hamda Paola Pliyegodan iborat jamoa Singapurni 45:32 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, yarim finalda Xitoy ustidan ham g‘alabaga erishdi. Zaynab Dayibekovaning oxirgi daqiqalardagi harakati O‘zbekistonga g‘alabani olib keldi.

Ma’lumot uchun, qilichbozlik bo‘yicha ayollar terma jamoasi finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari k qilichbozlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing