O‘zbekistonlik gimnastikachi Jahon kubogida g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova 1 tadan oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

U oltin medalga tasmadagi mashqda sazovor bo‘ldi. Ikromovaning to‘pdagi dasturi esa hakamlar tomonidan bronza medaliga loyiq ko‘rildi.

Tasma:

1.Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 30.900;

2.Eljana Taniyeva (Qozog‘iston) – 30.900;

3.Barbara Domingos (Braziliya) – 30.650.

To‘p:

1.Stiliyana Nikolova (Bolgariya) – 35.000;

2.Sofiya Rafaeli (Italiya) – 33.150;

3.Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 31.750.

Ikromova ko‘pkurash yo‘nalishida ham bronza medali bilan taqdirlandi. Ko‘pkurashda o‘zbekistonlik gimnastikachi 4 mashq yakuni bo‘yicha 124.550 ball jamg‘arishga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Taxmina Ikromova badiiy gimnastika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing