O‘zbekistonlik futbolchilar JCHda Fransiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi
Sport
−
25 noyabr 2023
13571Bugun, 25 noyabr kuni Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi chorak final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur bosqichda o‘zbekistonlik futbolchilar Fransiyaga qarshi bahs olib borib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
O‘yindagi yagona golga 83-daqiqada Ismoil Bouneb mualliflik qildi. 65-daqiqada O‘zbekiston hujumchisi Amirbek Saidov raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi, biroq hakamlar gol ofsayddan urilganini qayd etdi.
Shunday qilib, Jahon chempionatida sensatsion natijalarga sabab bo‘lgan Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.
Yarim finalda Fransiya futbolchilari Mali va Marokash qarama-qarshiligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
LiveBarchasi