O‘zbekistonlik futbolchilar Quvaytni yirik hisobda taslim etdi
Sport
−
20 aprel 2024 7027 1 daqiqa
Bugun, 20 aprel kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. “D” guruhida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Quvayt bilan kuch sinashib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
5:0 hisobi qayd etilgan uchrashuvda gollarga Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojimat Erkinov, Diyorjon Xolmatov va Husayn Norchayev mualliflik qildi.
Bahs davomida uchrashuv hakami O‘zbekiston a’zosi Abdurauf Bo‘riyevga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun quvaytlik futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Shunday qilib, o‘z ochkolari sonini 6 taga yetkazib olgan Temur Kapadze shogirdlari muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust