O‘zbekistonlik futbolchi Tailand klubiga ko‘chib o‘tdi

Sport

image

O‘zbekistonlik futbolchi Igor Sergeyev Tailandning “Patum Yunayted” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda tailandliklar klubi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Sergeyev “Patum Yunayted” bilan keyinchalik yana bir yilga uzaytirish huquqi bo‘lgan bir mavsumga mo‘ljallangan shartnoma tuzgan.

O‘zbekistonlik 30 yoshli futbolchi bunga qadar Qozog‘istonning “Tobol” klubi safida to‘p surgan. Igor mazkur klub sharafini 2021 yildan 2023 yilga qadar himoya qildi. Shuningdek, u “Paxtakor”, “Beysin Goan”, “Al-Zafra” va “Aktobe” klublarida ham faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Igor Sergeyev Qozog‘iston chempionatida 2022/2023 yilgi mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol Igor Sergeev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing