O‘zbekistonlik futbolchi Malayziya klubi a’zosiga aylandi (video)
Sport
−
16 fevral
7189O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Umar Eshmurodov Malayziyaning “Selangor” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
31 yoshli himoyachi yangi klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma tuzdi. Eshmurodov Selangorda 92-raqam ostida to‘p tepadi.
Qayd etish joiz, Umar Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida shu yili Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Eshmurodov faoliyati davomida “Sho‘rtan”, “Nasaf” va “Paxtakor” klublarida to‘p tepgan. Uning transfer qiymati 700 ming yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi