O‘zbekistonlik futbolchi IFFHS reytingida Son Xyon Minni ortda qoldirdi

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilda eng ko‘p gol urgan osiyolik futbolchilar reytingini e’lon qildi. Reytingdan o‘zbekistonlik futbolchi Bobur Abduxoliqov ham o‘rin oldi.

Abduxoliqov o‘tgan yili Belarusning “Energetik-BGU” jamoasi safida 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu natija bilan o‘zbekistonlik futbolchi reytingning 6-pog‘onasida qayd etildi. E’tiborlisi, Bobur Abduxoliqov Belarus klubi safidagi natijasi bilan “Tottenxem”ning janubiy koreyalik a’zosi Son Xyon Minni ortda qoldirdi. Min 2022 yil London klubida 25 ta gol urdi.

Reytingda “Portu” klubining eronlik a’zosi Mehdi Taremi 1-o‘rinni egalladi. Eron terma jamoasi yetakchisi o‘tgan yili raqiblar darvozasiga 39 ta to‘p kiritdi. Shuningdek, kuchli uchlikdan yaponiyalik Kodai Tanaka va singapurlik Ikson Fandi joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Son Xyon Min Bobur Abduxoliqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing